AGMKning O'zbekiston kubogi finaliga chiqish bo'yicha seriyasi tugadi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2021, 17:48
Bir necha daqiqa oldin O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi ilk bahs bo'lib o'tdi.

Olmaliqda AGMK va "Nasaf"  jamoalari o'rtasida kechgan uchrashuv kurashlarga boy tarzda kechdi. Yakunda "ajdarlar" 2:0 hisobida g'alaba qozonib, final yo'llanmasiga ega chiqishdi. 

Shu tariqa, Qarshi klubi AGMKning mamlakat kubogi finaliga chiqish bo'yicha seriyasiga barham berdi. Bunga qadar olmaliqliklar ketma-ket uch bor finalda to'p tepishgan. Ularning birida g'alaba qozonishgan bo'lsa, ikkitasida mag'lubiyat alamini totib ko'rishgan edi. 

2018 yil: AGMK – "Paxtakor" 3:1

2019 yil: "Paxtakor" – AGMK 3:0

2020 yil: AGMK – "Paxtakor" 0:3 

P.S. Barcha o'yinlar neytral maydonlarda tashkillashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia