"Agarda so'zlarim yoqmayotgan bo'lsa, eshik qayerdaligini bilasan" - Seten Messiga nima degani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
2 noya 2020, 22:57
"Què T'hi Jugues" nashri Leo Messi hamda Kike Seten o'rtasida bo'lgan munozaralar haqida yozdi.

Unga ko'ra, "Selta" bilan o'yinda qayd etilgan 2:2 hisobidan keyin ikki tomon o'rtasida nizo kelib chiqqan.

Birinchidan, Leo murabbiydan barcha sovrinlarni yutgan futbolchilarga bunday hurmatsizlik qilmasligini talab qilgan. Seten esa hali hech vaqo yutmagan.

Seten esa unga: "Agarda so'zlarim yoqmayotgan bo'lsa, eshik qayerdaligini bilasan", - deb javob bergan.

Messi murabbiyga hech nima demagan va kulib uning yonidan o'tib ketgan.

Bundan ko'rinib turibdiki, Setenning Messiga "tishi o'tmagan". Chunki Messi Setenni yaxshi murabbiy deb hisoblamagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Què T'hi Jugues