"Agar Sancho Angliya uchun etarlicha yaxshi bo'lmasa, unga nemis pasportini bergan bo'lardik". Matteus "Borussiya" xavbeki haqida

Alisher
25 iyun 2021, 18:25
Germaniya terma jamoasi sobiq sardori Lotar Matteus Angliya terma jamoasida Evro-2020da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan xavbek Jeydon Sancho haqida gapirdi.

"U Bundesliganing so'nggi ikki yildagi eng yaxshi o'yinchilaridan biri.

Agar u Angliya uchun etarlicha yaxshi bo'lmasa, biz unga nemis pasportini bergan bo'lardik. Ko'pchilik Germaniyada xayron bo'ldi [kam o'ynayotgani uchun]", - deydi Matteus.

Sancho Evro doirasidagi faqatgina Chexiyaga qarshi o'yinda 84-daqiqada maydonga tushdi.

U yakunlangan mavsum "Borussiya" (Dortmund) libosida 16ta gol va 20ta assist qayd etdi.

Angliya va Germaniya o'rtasidagi 1/8 final o'yini 29 iyunda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal