Agar Pogba "Yuventus" bilan shartnoma uzaytirsa futbolchi agenti Rayola 1,5 million evro oladi

Tolibjon Qosimov
12 noya 2013, 15:40
"Yuventus" Pol Pogba bilan shartnomani uzaytirishni juda xohlayapti va buning uchun futbolchiga ham, hatto uning agenti Mino Rayolaga ham yaxshigina taklif bilan chiqishga tayyor, deya xabar bermoqda italyan matbuoti.
Agar Pogba "Yuventus" bilan shartnomani uzaytirsa, Rayola bundan 1,5 million evro ishlab oladi, deb yozmoqda jurnalistlar.

Futbolchilarning transfer narxlariga ixtisoslashtirilgan Transfermarkt nashri 20 yoshli Pogbaning transferini 25 million evroga baxolamoqda.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2016 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com