Agar Gvardiola ketsa, "Manchester Siti" Enrike uchun yiliga 16 million evro taklif qilishi mumkin

Оқил Абдубарноев
30 mar 2023, 23:27
Luis Enrike "Manchester Siti"ni boshqarishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 52 yoshli ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiolaning o'rnini egallashi mumkin.

Qayd etilishicha, Enrike uchun yiliga 16 million evro evaziga 3 yillik shartnoma taklif qilishi mumkin.

Enrikening so'nggi ish joyi Ispaniya terma jamoasi bo'lib, u JCH-2022'dan chetlatilganidan keyin "qizillar"ni tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: El Chiringuito