

Ma'lumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar nemis klubiga 140 mln. evrolik taklif yuborishmoqchi.
Oldinroq, "Barselona" forvard uchun 90 mnl. evro va bonus sifatida yana 40 mln. evro taklif qilgan edi, ammo "Borussiya" taklifni rad etdi.
Dembele Dortmund jamoasi mashg'ulotlaridan chetlatilgan. Ma'lum bo'lishicha, u Parijda do'stlari davrasida klublarning qarorini kutmoqda, ammo "Borussiya" bosh murabbiyi Peter Boshning so'zlariga ko'ra, futbolchi Germaniya hududida.
"Ayni damda futbolchi Dortmundda. E'lon qilingan ma'lumotlar noto'g'ri" - deydi murabbiy.



