Afsonaning qaytishi? Zidan MYU boshqaruviga kelishi mumkin

Sherzod Nurmatov
2 okt 2024, 20:30
"Manchester Yunayted" fransiyalik mutaxassisni taklif qilmoqchi.

"Manchester Yunayted" yangi 2024/25 yilgi mavsumni omadsiz boshladi.

"Qizil iblislar" APLning 6 turida bor-yo'g'i 7 ochko to'pladi va so'nggi turda o'z muxlislari ko'z o'ngida "Tottenxem"ga sharmandalarcha imkoniyatni boy berdi (0:3). 

Klub endilikda bosh murabbiy Erik ten Hagni iste'foga chiqarish masalasini jiddiy o'ylab ko'rmoqda. "Manchester Yunayted" rahbariyati hozirdanoq niderlandiyalik murabbiyni almashtirish imkoniyatlarini o'rganib chiqmoqda. Asosiy nomzodlardan biri – Zinedin Zidan.

Klub yangi egalaridan biri Jim Retkliffning shaxsan o'zi "Manchester Yunayted"da fransiyalik murabbiy Zidan ishlashini orzu qilmoqda.

Zinedin Zidan 2016 yildan 2018 yilgacha va 2019 yildan 2021 yilning mayigacha "Real" bosh murabbiyi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk