Afrika Millatlar Kubogi-2019. Nigeriya – Kamerun bahsi gollarga boy o'tdi

Eldor Akmurzayev
6 iyul 2019, 23:00
Afrika Millatlar Kubogi-2019ning nimchorak finalidan o'rin olgan uchrashuvda Nigeriya raqibi Kamerunni muorasasiz bahsda 3:2 hisobida taslim etdi.

Uchrashuvda hisob nigeriyaliklar forvardi Odion Igalo tomonidan ochilgan bo'lsa, Klarens Zeedorf shogirdlari Stefan Baoken va Klinton NʼDjiening aniq zarbalari evaziga birinchi bo'limning o'zida hisobni o'z tomonlariga og'dirishdi. Ikkinchi taymning o'rtalarida yana o'sha Igalo hisobni tenglashtirdi. Keyin esa Aleks Ivobi kamerunliklar darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga g'alaba olib keldi. 

Eslatib o'tamiz, Nigeriyaning keyingi bosqichdagi raqibi bugun bo'lib o'tadigan mezbon Misr hamda JAR to'qnashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi. Ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.


Nigeriya – Kamerun 3:2 (1:2, 2:0)

Alexandria Stadium

Gollar: 1:0 – 19 Igalo, 1:1 – 41 Baoken, 1:2 – 44 NʼJi, 2:2 – 63 Igalo, 3:2 – 66 Ivobi.

Nigeriya – Akpeyi, Ayna, Trost-Ekong, Avazem, Omeruo, Etebo, Ivobi (Balogun, 90), Ndidi, Saymon (Chukvueze, 60), Igalo (Onuachu, 85), Musa.

Kamerun – Onana, Oyongo, Ngade-Ngajui, Banana, Fe, Kunde (Zua, 87), Manjek (Zambo-Angissa, 62), Shupo-Moting, Bassogog, Baoken, NʼJi (Toko-Ekambi, 70).

Ogohlantirishlar: Kunde (28), Manjek (51), Avazem (70).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia