Afrika Millatlar Kubogi-2019. Barcha yarim finalchilar aniqlandi

Eldor Akmurzayev
12 iyul 2019, 01:55
Misrdagi qita birinchiligining barcha yarim finalchilari ma'lum bo'ldi.

Tunis ushbu bosqichning so'nggi ishtirokchisiga aylandi. Ular chorak finalda debyutant Madagaskarni yirik hisobda taslim etishdi.


Madagaskar – Tunis 0:3 (0:0, 0:3)

Cairo Military Production Stadium

Gollar: 0:1 – 52 Sassi, 0:2 – 60 Msakni, 0:3 – 90 Sliti.

Madagaskar – Adrien, Mombris, Metanir, Fonten, Razakanantenaina (Morel, 66), Ilaymaxaritra (Rakotoxarimalala, 77), Abel, Nomendjanaxari (Voavi, 66), Andriacima, Andriamacinoro, Amada.

Tunis – Assen, Bronn, Merya, Xaddadi, Keshrida, Shalali (Dreger, 75), Sassi (Auadxi, 83), Xazri, Skiri, Msakni (Sliti, 66), Xenissi.

Ogohlantirishlar: Abel (86).


Demak juftliklar bilan tanishing (Toshkent vaqti bilan):

14 iyul, 21:00

Senegal – Tunis

15 iyul, 00:00

Jazoir – Nigeriya

Eslatib o'tamiz, musobaqaning uchinchi o'rin uchun bahsi 18 iyul sanasiga, hal qiluvchi uchrashuv esa 20 iyul kuniga belgilangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia