Afg'oniston hayron qoldirishda davom etyapti, endi ular finalda!

Xayrulla Xoliqov
21 iyun 2019
Eronning Tabriz shahrida bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionatida finalchilar aniq bo'ldi.

Aytish kerakki, har ikki yarim final bahsi o'ziga xos dramatik tarzda kechdi. Yaponiya U-20 terma jamoasi final yo'lida musobaqa mezboni Eronni 8:4 hisobida mag'lub etib hal qiluvchi bahsga yo'l oldi. 

Ikkinchi yarim final o'yinida Afg'oniston terma jamoasi Indoneziyadan 4:3 hisobida ustun keldi va o'z tarixida ilk marta U-20 Osiyo chempionati finalida o'ynaydigan bo'ldi. Afg'onlarga qoyil qolmasdan iloj yo'q. 

Ertaga, 22 iyun kuni Eron - Indoneziya 3-o'rin uchun bahs olib borsa, Yaponiya - Afg'oniston bellashuvidan so'ng bu yilgi musobaqa g'olibi ma'lum bo'ladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com