Abidal "Barselona" "Inter" futbolchisi bilan qiziqayotganligini aytdi

Mirjalol Normatov
17 noya 2019, 15:15
"Barselona" sport direktori Erik Abidalning aytishiga ko'ra, klub ayni damda "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning o'yinlarini ko'rib bormoqda.

"Martines - juda ko'p hususiyatlarga ega futbolchi. Ayni damda u yuqori darajada o'yin ko'rsatmoqda. Uni va uning qobiliyatlarini yaxshi bilamiz. Biroq u kabi futbolchilar juda ko'p", - dedi Abidal.

Futbolchi ushbu mavsumda "Inter" tarkibida 16 o'yinda 8 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo