Abdusalom Azizov: "Odil Ahmedov futbolimiz afsonasiga aylanib bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
18 dek 2021, 18:51
O'FA prezidenti Abdusalom Azizov Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun o'zbek futbolining afsonalaridan biri Odil Ahmedovni futboldan kuzatish marosimiga yig'ilgan ekanmiz. Ahmedov O'zbekiston terma jamoasida 100dan ortiq o'yin o'tkazish, bu o'yinlarning ko'pida sardor sifatida jamoani boshqarishi uncha muncha futbolchiga nasib etmaydi. Shu bois bemalol ayta olamanki u Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov kabi afsonalari qatorida o'z joyini topdi.

O'ylaynmanki u futbolni butunlay tark etgani yo'q. O'zi asos solgan "Odil Junior" akademiyasida ishlashda davom etadi. Bundan tashqari O'FA va PFLda faoliyat olib boradi va yurtimiz futboli rivojiga hissa qo'shishda davom etadi", - dedi Abdusalom Azizov.

O'FA prezidenti Odil Ahmedovga maxsus "Oltin butsa" va esdalik sovrinlarini topshirdi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia