Abduqahhor Xojiakbarov: “Antaliyadagi yig'in a'lo darajada o'tkazildi”

Narzulla Saydullayev
22 fev 2017, 18:26
Olmaliqning “Olmaliq” klubi mavsumga tayyorgarlik Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazib qaytdi. Jamoa futbolchisi Abduqahhor Xojiakbarov chempionatga qay tarzda tayyorgarlik ko'rilgani haqida fikr bildirdi.

“Turkiyaning Antaliya shahridagi yig'in a'lo darajada o'tkazildi. Yig'in davomida asosan ko'proq jismoniy holatimizga e'tibor qaratildi. Ukraina, Gruziya jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Bu nazorat bahslarini o'tkazib o'zimizni kuchimizni sinab ko'rdik. Taktikaga o'zgartirish kiritilgan, har bir murabbiyning o'ziga yarasha uslubi bor. O'tgan yili biroz omadsiz ishtirok etgandik. Bu yil oldimizga jiddiy vazifalar qo'yiladi. Hozir yana “Metallurg” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvimiz bor”, - deydi “Olmaliq” futbolchisi Abduqahhor Xojiakbarov.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia