Abdujamol Isroilov - Dinamo futbolchisi

Alisher
18 yanv 2022
Superliga yangi mavsumi oldidan Dinamo jamoasi selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

Klub murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, Abdujamol Isroilov Dinamo jamoasi safiga qo'shildi. Klub va 25 yoshli yarim himoyachi o'rtasida bir yillik shartnoma imzolandi. 

Abdujamol Isroilov 2017 yil aynan Dinamo safida Superligada debyutini o'tkazib, muxlislarga tanilgandi. Markaziy yarim himoyachi o'tgan yillar davomida Neftchi, Navbahor va Buxoro klublari sharafini himoya qildi. 2022 yilgi yangi mavsum oldidan esa erkin agent sifatida Dinamo jamoasiga qaytdi. 

"Jiddiy jarohatidan tiklangan futbolchi yana avvalgidek samarqandlik muxlislarni o'z o'yinlari bilan xursand etishiga tilakdoshmiz. Dinamo oilasiga xush kelibsan, Abdujamol!", - deyiladi xabarda.


AlisherMuallif
Manba: fcdinamo.uz