Abbosbek Fayzullaev qachon safga qaytadi? SSKA bosh shifokori javob berdi

Omonjon To`xtamirzayev
30 yanv 2025, 14:33
Xabaringiz bor, SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev jarohat sabab safdan chiqqan.

Aynan jarohati tufayli hamyurtimiz SSKAning Qozog'istonning "Ordabasi" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok eta olmadi. 

Fayzullaevning bugungi kundagi holati haqida armiyachilar klubi bosh shifokori Eduard Bezuglov ma'lumot berdi. 

"Barchasi reja bo'yicha ketmoqda. Unga ko'ra, Abbos Abu-Dabidagi klubning ikkinchi o'quv-mashg'ulot yig'inini umumiy guruhda o'tkazishi kerak edi. Shunday bo'ldi ham. Hozir u umumiy guruh bilan birga mashg'ulotlarda qatnashmoqda va o'zini yaxshi his qilyapti. Nasib qilsa, "Rostov"ga qarshi bahsda maydonga tushadi".  

Eslatib o'tamiz, SSKA RPL Qishki kubogi doirasida "Rostov"ga qarshi ertaga kechqurun o'yin o'tkazadi. 

 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: bobsoccer.ru