A Seriyaning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Mirjalol Normatov
10 okt 2025, 00:34
Kristian Pulishich A Seriyaning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

"Milan" vingeri sentyabr oyi yakunlariga ko'ra, eng yaxshi futbolchini aniqlashda to'planadigan ovoz natijalarida Federiko Baskirotto ("Kremoneze"), Kevin de Bryuyne ("Napoli"), Federiko Dimarko ("Inter"), Nikola Krstovich ("Atalanta") va Rikkardo Orsolini ("Bolonya") kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Sentyabr oyida amerikalik futbolchi Italiya chempionatida 3 o'yin o'tkazib, 3 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: legaseriea.it