A Seriya. "Yuventus" "Parma"ni yirik hisobda taslim qildi!

Italiya chempionati 13-turi doirasidagi "Parma" va "Yuventus" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Krishtianu Ronalduning dubli, Alvaro Morata va Deyan Kulusevskining gollari "keksa sinora"ga 3 ochko olib berdi. Mazkur g'alabadan keyin Andre Pirlo shogirdlari Italiya chempionati turnir jadvalining 2-pog'onasiga ko'tarilib olishdi.

Parma – Yuventus 0:4

20 dekabr, 00.45, "Ennio Tardini"

Gollar:

0:1 – 23 Kulusevski, 0:2 – 26 Ronaldu, 0:3 – 48 Ronaldu, 0:4 – 85 Morata.

Parma – Sepe, Brunu Alvesh, Yakoponi (Byusi, 60), Osorio, Galolo, Zom, Kucka (Sipren, 60), Kurtich (Brugman, 85), Ernani, Jervino (Karamo, 46), Kornelius (Ingleze, 61).

Yuventus – Buffon, Danilo, de Ligt, Aleks Sandro, Bonuchchi (Kuadrado, 76), Remzi (Bernardeski, 68), Makkenni (Portanova, 76), Bentankur, Kulusevski, Ronaldu (Keza, 82), Morata.

Ogohlantirishlar:

Danilo (40).


Manba: championat.asia