A Seriya. Milan yana g'alaba qozona olmadi,Napolidan esa super kambek

Khoja
1 sen 2024, 07:19
Italiya chempionatining 3-turida Milan Rimda Lacio bilan jangovar durang qayd etdi.

Fonseka jamoasi hamon g'alaba nimaligini bilmayapti. 

Konte boshqaruvidagi Napoli esa Parma bilan o'yinda iroda ko'rsatib, qo'shib berilgan daqiqalarda mag'lubiyatni g'alabaga aylantirdi. Lukaku Neapol klubidagi debyutidayoq gol urdi. 

E'tiborlsi, mehmonlarning yaponiyalik posboni Suzuki 75-daqiqada chetlatilgach, almashtirishlar soni tugagani sababli uning o'rnini himoyachi del Prato egalladi va mezbonlar aynan uning darvozasini ishg'ol etishdi. 

A Seriya. 3-tur. 31 avgust

Lacio - Milan 2:2

Gollar: Kastelyanos (62), Dia (66) - Pavlovich (8), Leau (72). 

Lacio – Provedel, Nunu Tavaresh (Hyusay, 90), Romanioli, Gabarron, Ladzari (Marushich, 46), Dia (Dele-Bashiru, 81), Zakkani, Genduzi, Rovella, Tshauna (Isaksen, 46), Kastelyanos (Noslin, 87).

Milan – Menyan, Pavlovich, Tomori, Emerson (Teo, 70), Terrachchano, Reynders (Musa, 70), Fofana, Pulishich, Loftus-Chik, Chukvueze (Leau, 70), Okafor (Abraham, 71).

Ogohlantirishlar: Fofana (20), Rovella (39), Zakkani (64), Gabarron (85), Terrachchano (90+1), Genduzi (90+3). 


Napoli - Parma 2:1

Gollar: Lukaku (90+2), Zambo-Angissa (90+7) - Bonni (19, penalti).

Napoli – Meret, Buonjorno, Rrahmani, Di Lorenco, Kvaratsxeliya, Politano (Neres, 69), Olivera (Spinaccola, 46), Maccokki (Simeone, 78), Lobotka, Zambo-Angissa, Raspadori (Lukaku, 62).

Parma – Suzuki, Valeri (Del Prato, 8), Chirkati, Balog (Osorio, 73), Kulibali, Zom, Bernabe, Mixeile (Sharpantie, 73), Kovalski (Almkvist, 57), Man, Bonni (Kancheleri, 57).

Ogohlantirishlar: Zambo-Angissa (43), Lobotka (58), Mixeile (61), Suzuki (63), Del Prato (88).

Chetlatish: Suzuki (75).

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com