

Manbaning ma'lum qilishicha, hujumchi chap oyoqdagi mushak og'rig'i tufayli mashg'ulotlarda ishtirok etmagan. Yarim himoyachi Eduard Kamavinga ham umumiy guruhda ko'rinish bermagan.
Mbappe 2025/26 yilgi mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 21 o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Uchrashuv 10 dekabrdan 11 dekabrga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.
Avvalroq Mbappe "Selta" bilan bahsda chap qo'lidagi barmog'ini sindirib olgani ma'lum qilingan edi.



