Mbappe "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 dek 2025, 17:44
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar Ligasining 6-tur uchrashuvi oldidan jamoaning mashg'ulotlarida qatnashmadi.

Manbaning ma'lum qilishicha, hujumchi chap oyoqdagi mushak og'rig'i tufayli mashg'ulotlarda ishtirok etmagan. Yarim himoyachi Eduard Kamavinga ham umumiy guruhda ko'rinish bermagan.

Mbappe 2025/26 yilgi mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 21 o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Uchrashuv 10 dekabrdan 11 dekabrga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Avvalroq Mbappe "Selta" bilan bahsda chap qo'lidagi barmog'ini sindirib olgani ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: France 24