Superliga. "Bunyodkor" 9 yildan so'ng Namanganda "Navbahor"dan ustun keldi

Iskandarov Abdulaziz
18 okt 2025
Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Navbahor" – "Bunyodkor" 0:2 (TUGADI)

Gol: 7 - Imeda Ashortia, 21 - Imeda Ashortia

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod A'zamov

Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Dildora Rustamova

Komissar: Davron Ibrohimov

"Navbahor": 1. Umidjon Ergashev (16. Shukron Yo'ldoshev, 46), 7. Azimjon Ahmedov, 9. Zabihillo O'rinboev (22. Asadbek Jo'raboev,84), 12. Saidazamat Mirsaidov (36. Gilerme Gedesh, 46), 14. Jamshid Boltaboev, 17. Ruslanbek Jiyanov, 24. Dostonbek Abdulxaev (8. Shohmalik Komilov, 46), 29. Pedro Augusto ( 11. Muhammadali G'iyosov, 46), 32. Muhammadbobir Mo'ydinov, 70. Abbos G'ulomov, 99. Igor Gabriel

Zaxira: 6. Sherzod G'ulomjonov, 19. Mirzohid G'afurov,  55. Komiljon Tojiddinov, 71. Navro'zbek Iminjonov

"Bunyodkor": 22. Valijon Rahimov, 4. Najmiddin Normurodov, 9. Imeda Ashortia ( 5. Aleksandr Zevadinov,87), 10. Rasul Yuldashov (8. Martin Shroler,58), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (28. Matiya Krivokapich,58), 15. Marko Bugarin, 21. Nosirjon Abdusalomov (88. Mirkamol Annamatov,76) 23. Asadbek Rahimjonov, 25. Itsuki Urata, 33. Abdulazizxon Abdurashidov ( 6. Boburbek Yo'ldashov58), 66. Azizbek To'lqinbekov

Zaxira: 1. Abdumavlon Abdujalilov,  17. Ollabergan Karimov, 18. Narimonjon Ahmadjonov,  77. Muzaffar Olimjonov, 

Ogohlantirish: Abbosbek G'ulomov ("Navbahor") 11, Itsuki Urata ("Bunyodkor") 71


YANGILASH

90+6. Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. Gol bekor qilindi. Jo'raboev darvozabonning qo'lini bosib olgandi. 

90. Valijon Rahimovga nisbatan qoida buzilgan bo'lishi mumkin. Norsafarov VAR monitori oldiga yo'l oldi. 

88. GOOLO'yinga intriga qaytdi. Shohmalik Komilovning zarbasini Rahimov qaytardi, qaytgan to'pdan so'ng Jo'raboev darvozani ishg'ol qildi. 

87. "Bunyodkor" tarkibida Aleksandr Zevadinov Imeda Ashortia o'rniga maydonga tushdi. 

84. "Navbahor" safida Zabihillo O'rinboev o'rniga Asadbek Jo'raboev tushdi. 

80. "Navbahor"dan o'ylangan kombinaciya, O'rinboevning zarbasi xavfli chiqdi. 

76. "Bunyodkor" safida Nosir Abdusalomov o'rniga Mirkamol Annamatov tushdi.

74. Zabihillo O'rinboev ikkinchi qavatda yutib chiqib zarba yo'lladi. Noaniq.

71. OGOHLANTIRISH. Itsuki Urata, "Bunyodkor"

61. Boltaboev maydon markazida juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va To'lqinbekov darvozabon bilan birga bir chiqdi va zarba yo'lladi. Shukron Yo'ldoshevdan seyv

58. Boburbek Yo'ldashov, Matiya Krivokapich, Martin Shroler maydonga tushdi. Ular Temurxo'ja Abduxoliqov, Rasul Yo'ldoshev va Abdulazizxon Abdurashidovni alishtirishdi

53. Muhammadali G'iyosovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

52. Zabihillo O'rinboevning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

46. Shukron Yo'ldoshev, Gilerme Gedesh, Shohmalik Komilov va Muhammadali G'iyosov maydonga tushdi, maydoni Saidazamat Mirsaidov, Dostonbek Abdulxaev, Pedro Augusto va Umidjon Ergashev tark etdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+3. Igor Gabrielning zarbasi noaniq ketdi

45+1. Rahimjonovning uzatmasidan so'ng Temurxo'jada yaxshi imkoniyat bo'ldi. Biroq ushbu zarbaga aniqlik yetishmadi

45. Hakam birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

43. Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasini Ergashev qiyinchiliksiz ushlab oldi

39. Mezbonlarning hujumlari va sifati oshib bormoqda, hozircha mehmonlar yaxshi himoyalanishmoqda

33. Boltaboevning zarbasi noaniq ketdi

31. Mo'ydinovning qanotdan uzatgan to'pini G'ulomov zarba yo'lladi, biroq noaniq

28. RAHIMOOOOV. Jiyanovning 11 metrdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytarmoqda

27. Hakam VAR manitoriga bordi va mehmonlar darvozsaiga penalti belgilamoqda

25. Mehmonlar darvozasiga yana penalti belgilanishi mumkin. Norsafarov yana VARni tinglamoqda.

21. GOOOL. Ashortia dubl qayd etmoqda. Mehmonlar ikkinchi golni ham juda osonlik bilan urishmoqda

15. Itsuki Urataning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

14. Hakam VARni tingladi va hech qanday penalti yo'q deb hisobladi

12. Jiyanov va Rahimov to'qnashib ketdi. Har ikki futbolchiga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda

11. Ogohlantirish: Abbosbek G'ulomov raqib maydonchasida yiqildi. Norsafarov mezbonlar futbolchisi simulaciya qildi deb hisoblab, sariq berdi

7. GOOOL. Mezbonlarning himoyasidagi pala-partishdan so'ng Ashortia hisobni ochdi

Uchrashuv boshlandi!


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia