Rasman: Muhammadali O'rinboev – Belgiya klubi futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
7 iyul 2025
"Paxtakor" vingeri Muhammadali O'rinboev rasman "Antverpen" jamoasi a'zosiga aylandi.

20 yoshli futbolchi Belgiya klubi bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi. 

O'rinboev joriy mavsum "sherlar" safida 14 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

"Antverpen" Belgiyaning 5 karra chempioni bo'lib, mashhur himoyachi Tobi Alderveyreld mazkur jamoa sardori hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: royalantwerpfc.be