Nega to'p qo'lga tekkanidan so'ng Ispaniya darvozasi tomon penalti belgilanmadi?

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2024, 14:55
To'p Mark Kukurelya qo'liga tekkanidan so'ng UEFA tavsiyasiga ko'ra penalti belgilanmadi.

Ispaniya hamda Germaniya o'rtasidagi bahsning bosh hakami Entoni Teylor Jamal Musiala zarbasidan so'ng to'p Mark Kukurelya qo'liga tekkanidan so'ng ispanlar darvozasiga penalti belgilamadi.

"UEFA tavsiyalariga ko'ra, bu yerda penalti qo'yib bo'lmaydi, chunki Kukurelyaning qo'li pastda edi va tana hajmini notabiiy yo'l bilan kengaytirmayapti.

Evro oldidan UEFA brifingida Mark Kukurelyanikidek aniq misol ko'rsatilgan. Bunday vaziyat uchun penalti belgilanmasligi aytilgan.

Qo'l tanaga yaqin va vertikal pastga qaratilgan" - dedi jurnalist Deyl Jonson.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN