Ikki nafar futbolchimiz Osiyoda JCH-2026 saralashi 2-tur ramziy jamoasidan o'rin oldi

Khoja
13 sen 2024
10 sentyabr kuni Osiyoda o'tgan 2026 yilgi jahon chempionati hal qiluvchi saralash bosqich 2-tur uchrashuvlaridan keyin Sofascore portali tur ramziy jamoasini e'lon qildi.

2-tur ramziy jamoasiga O'zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov va himoyachi Husniddin Aliqulov kiritilgan.

Portal Shomurodovning o'yinini 10 ballik tizimda 8,4 bahoga loyiq topgan bo'lsa, Aliqulovning harakatlari 8 ballga munosib ko'rilgan.

JCH-2026 Osiyo saralashi. 2-tur ramziy jamoasi (Sofascore talqini):


KhojaMuallif
Manba: