

Aslida terma jamoa Toshkent vaqti bilan 12:30da Eronning Zagros avikompaniyasiga tegishli samolyotda to'g'ridan-to'g'ri Tehronga uchishi kerak edi. Ammo negadir ushbu samolyot Tehrondan Toshkentga taxminan 5 soat kechikkian holda uchgan va o'z-o'zidan terma jamoa a'zolari samolyotni Toshkentdagi aeroportda kutishga majburlar.
O'zbekiston Tehronga kech uchib borishi tufayli Tehrondagi bugungi mashg'ulotlar ham bekor bo'lishi mumkin.
O'FA vakillari 7 va 8 iyun kunlari Tehronga to'g'ridan-to'g'ri reys bo'lmagani uchungina Zagros kompaniyasining samolyotini tanlagan ekan. Aviakompaniyaning Toshkentdagi vakili ham nima uchun 5 soat kechikish bo'lganini bilmasligi juda g'alati. Eron tomoni "o'yin"ni maydondan tashqarida boshlab yubordi, shekilli.



