Kamerunda "yoshini o'zgartirgan" 62 futbolchi diskvalifikaciya qilindi

Omonjon To`xtamirzayev
12 mar 2024
Kamerun futbol federatsiyasi o'z yoshi haqidagi ma'lumotlarni o'zgartirganligi uchun 62 futbolchini diskvalifikaciya qilishga qaror qildi.

Gap, futbol bo'yicha mamlakat ichki chempionatida faoliyat olib borayotgan sportchilar haqida ketmoqda. 

Ma'lum bo'lishicha, ro'yxatga 17 yoshli Vilfrid Natan Duala ham kirgan. U yil boshida Kot-d'Ivuarda o'tgan Afrika Millatlar Kubogida Kamerun termasi safida maydonga tushib, mamlakat termasi tarixidagi eng yosh futbolchiga aylangandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk