

As xabariga ko'ra, klub prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku Xavi boshchiligidagi jamoaning oxirgi vaqtlardagi natijalari yoqmayapti. Shu sababli kataloniyaliklar Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Napoli" bilan o'yinda omadsizlikka uchrasa, Xavi muddatdan avval iste'foga chiqarilishi mumkin.
Avvalroq, ispaniyalik murabbiy mavsum yakunida klubni tark etishini e'lon qilgandi. Jamoa so'nggi turda o'z maydonida "Granada" bilan 3:3 hisobini qayd etgach, klub La Liga turnir jadvalida peshqadam "Real"dan 10 ochkoga ortda qolmoqda.



