O'zbek futboli tarixida ilk bor APLga futbolchi transfer qilindi

Sherzod Nurmatov
31 yanv 2024
"Paxtakor" a'zosi Muhammadali O'rinboev Angliyaning "Brentford" klubiga ijaraga berildi.

"O'zbek futboli tarixida birinchi bor futbolchimiz O'zbekistondan Angliyaga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi! 

"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O'rinboev faoliyatini APL ishtirokchisi "Brentford" klubida davom ettiradi. Klublar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq, u 30 iyunga qadar "Brentford"da ijarada asosida o'ynaydi. Ushbu muddatdan keyin esa Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega bo'ladi. O'rinboev "Paxtakor"da 17 yoshga to'lmasdan o'z debyutini o'tkazgan va o'z yosh toifasida terma jamoa a'zosi sanaladi. 

Shu tariqa, iqtidorli futbolchilarni yetishtirib chiqarishda davom etayotgan "Paxtakor" akademiyasining navbatdagi tarbiyalanuvchisi ham xorij chempionatiga yo'l oldi. Hozirgacha Angliyaning professional klublarida o'zbek futbolchisi faoliyat olib bormagan", – deyiladi "sherlar" xabarida.




Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати