Luis Enrike mag'lubiyatdan so'ng: "O'yindan mamnunman va xotirjamman"

Aziz Tukhtamuradov
16 sen 2023, 07:28
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Nicca"ga uchralgan mag'lubiyatdan (2:3) muammo ko'rmayapti.

"Nicca" to'p ushlashni biladigan kuchli jamoa. Biz to'pni nazorat qilishimiz kerak edi. "Nicca" haqli ravishda g'alaba qozondi. 

Bunday o'yinlarda g'alaba qozonish kerak. Bizga qiyin bo'ldi, raqib hali bu mavsumda yutqazmagan va Franchesko Faroli boshchiligida yaxshi futbol namoyish etmoqda. 

Jamoamning o'yinidan mamnunman. Biz qo'shishimiz kerak, ammo men xotirjamman", - dedi Luis Enrike.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L’Equipe