Raqamini 30dan 6ga almashtirgan Gavi yana eski raqamida o'ynashga majbur

Aslanov Jasurbek
13 mar 2023
Sud "Barselona"ning Gavi bilan shartnomasini bekor qildi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" sentyabrda 18 yoshli yarim himoyachi Gavi bilan 2026 yilgacha bo'lgan yangi bitim imzolagan edi.

Dekabrda maoshlar limitidan oshib ketgani uchun Kataloniya klubi Gavini 6 raqam ostida ro'yxatdan o'tkaza olmasligi ma'lum bo'lgandi. Keyinroq sud "Barselona"ga Gavining yangi shartnomasini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berdi, biroq LaLiga apellyaciya topshirdi.

Endi sud shartnomani bekor qildi, "Barselona" esa apellyaciya berish muddatini kechiktirib, sudga xat yo'lladi.

Fevralning ikkinchi yarmidan 6 raqamda o'ynayotgan Gavi yana 30 raqam ostida to'p tepishiga to'g'ri keladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Relevo