“Arsenal” navbatdagi transferga yaqin

Eldor Akmurzayev
22 yanv 2023
“Speciya” xavbeki Yakub Kiver faoliyatini Angliyada davom ettiradi.

Insayder Fabricio Romano xabar berishicha, 22 yoshli futbolchi “Arsenal”da tibbiy ko'rikdan o'tdi va londonliklar bilan 5,5 yillik shartnoma imzolaydi. Avvalroq, uning transferi 25+ mln evroga amalga oshishi aytilgandi.

Polsha TJ a'zosi joriy mavsum A Seriyada 17 bahsda qatnashib, uchta sariq oldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano