"Paxtakor" yig'in o'tkazish uchun Turkiyaga jo'nab ketdi

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2023, 12:20
Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" o'quv-yig'ini o'tkazish uchun Turkiyaga yo'l oldi.

Antaliyada o'tadigan yig'inda 28 nafar futbolchi ishtirok etadi.

Maksim Shackix 13-27 yanvar kunlari Antaliya yig'ini uchun boradigan futbolchilar ro'yxatini aniqlab oldi. Jamoa bugun ertalab Toshkentdan Antaliyaga uchib ketdi. Yig'inda qatnashadigan tarkib bilan tanishing.

Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Otabek Boymurodov, Nikita Shevchenko.

Himoyachilar - Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiev, Shahzod Azmiddinov, Abubakr Ashurov, Dilshod Saitov, Doston Tursunov, Muhammadqodir Hamraliev, Sunnat Poyonov, Kirill Todorov.

Yarim himoyachilar - Dragan Cheran, Diyor Xolmatov, Abbos Fayzullaev, Muhammadali O'rinboev, Doston Hamdamov, Behruz Asqarov, Shahriyor Jabborov, Giorgi Papava, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Shahzod Rahmatullaev, Aziz Turg'unboev.

Hujumchilar - Pshemislav Banashak, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Rustam Turdimurodov.


Yig'in davomida uchta nazorat o'yini bo'lib o'tadi.

16 yanvar Paxtakor - Dnepr-1 (Ukraina)

20 yanvar Paxtakor - Vaduc (Lixtenshteyn)

26 yanvar Paxtakor - Mladost GAT (Serbiya)

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати