"Al Hilol" Messini sotib olmoqchi. Unga yiliga 280 mln evro maosh taklif qilindi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2023
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.

Klub hujumchiga yiliga 280 million evro taklif qilishi mumkin. Messining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi, fransiyaliklar bitimni uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Agar argentinalik futbolchi "Al Hilol"ga o'tishga rozi bo'lsa, shartnomaning katta qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi.

Saudiya Arabistoni Messining transferi va Krishtianu Ronalduning "Al Nassr"ga o'tishi ligaga bo'lgan qiziqishni oshirishiga umid qilmoqda. Bu esa mamlakatning 2030 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish imkoniyatini oshiradi. "Al Hilol" va "Al Nassr" o'rtasidagi bahs Saudiya Arabistonining asosiy derbisi hisoblanadi. Bu erda u "Ar-Riyd derbisi" nomini olgan.

Eslatib o'tamiz, Messi Saudiya Arabistonining sayyohlik elchisi hisoblanadi. U mamlakatga 2022 yilning may oyida tashrif buyurgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo