

Chuameni sonidan jarohat olgan, Ernandesda esa tizzasi bilan bog'liq muammolar bor. Shuningdek, shamollash tufayli Ibraxim Konate, Rafael Varan hamda Kingsli Koman finalga tayyorgarlik jarayonida ko'rinish bermagan.
Eslatib o'tamiz, Argentina – Fransiya uchrashuvi 18 dekabr kuni 20:00 da “Lusayl” stadionida boshlanadi.



