Maldini: “APLda 20-o'rindagi klubning byudjeti “Milan”nikidan kattaroq”

Eldor Akmurzayev
26 sen 2022
“Milan” texnik direktori Paolo Maldini APL klublari haqida fikr bildirdi.

“Premer-ligadagi 20-klubning byudjeti biznikidan kattaroq. Bugun bozorda britaniyaliklar bilan raqobatlashish juda ham qiyin.

O'z iqtisodiy chegaralarimizdan hech qachon chetga chiqolmaymiz. “Milan” bir kun kelib Chempionlar Ligasini yutadimi? “Milan”miz, maqsadlarimiz yuqori bo'lishi kerak”, degan Maldini.

“Rossonerilar” A Seriya 7 turidan keyin 14 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira