La Liga. Amaldagi chempion "Real" irodali g'alabaga erishdi

Omonjon To`xtamirzayev
15 avg 2022
La Liganing 1-turidan o'rin olgan "Almeriya" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



Uchrashuvni ushbu sahifada tomosha qilishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH

90+6-daqiqa. Hakamning final hushtagi yangradi. Amaldagi chempion "Real" o'ta og'ir uchrashuvda, irodali g'alabaga erishdi

90+4-daqiqa. Rolrigo Eli bosh bilan zarba berdi va Tibo Kurtua osonlik bilan to'pni qaytardi.

Mezbonlar burchak zarbasidan ham naf chiqara olishmadi.

90+1-daqiqa. Karim Benzema himoyada ham yordamga tayyor.

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 

89-daqiqa. Federiko Valverdega nisbatan fol.

86-daqiqa. Ogohlantirish! Arnau Sola sariq kartochka ishlab oldi.

85-daqiqa. Nacho raqib zarbasi yo'liga g'ov bo'ldi.

83-daqiqa. O'zagrish! Kroos va Vinisius o'rniga Kazemiro hamda Dani Sebalos tushirildi.

80-daqiqa. "Real" hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsada, hujum qilishda davom etyapti.

75-daqiqa. GOOOL! Hozirgina o'yinga qo'shilgan Alaba jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib,  jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

74-daqiqa. Ferlan Mendi o'rniga Alaba tushdi.

71-daqiqa. O'zgarish! Largi Ramadani va Sodiq Umar o'rniga Diego Souza hamda Xose Karlos Laso tushdi.

69-daqiqa. Benzema zarba berishga urinib ko'rdi.

67-daqiqa. Ogohlantirish! Fransisko Sanches hakam tomonidan ogohlantirildi.

Karim Benzemadan assist.

61-daqiqa. GOOOOOL! "Real" hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi Lukas Vaskes.

58-daqiqa. O'zgarish! "Real"nm qutqarish uchun maydonga Eden Azar tushdi. U Orelen Tchuamenini alishtirdi.

57-daqiqa. O'zgarish! Lukas Robertone o'rniga Fransiko Sanches.

51-daqiqa. Qiziq bir jihat, ikkinchi bo'limni "Almeriya" himoyada boshlamadi, mezbonlar kamida raqibdan yomon o'ynashmayapti hozitgi daqiqalarda.

O'zgarish! Tanaffusdan Kamavinga qaytmadi. Uning o'rnini Luka Modrich egalladi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi.

45+5-daqiqa. Bu safar burchak zarbasini Federiko Valverde amalga oshirdi, lekin natija o'zgarmadi.

45+3-daqiqa. Mezbonlarning kam sonli hujumlaridan biri uzoq cho'zilmadi.

45+2-daqiqa. "Real" chap qanotdan hujumga o'tishga urinmoqda, lekin mezbonlar himoyachisi Rodrigo Eli yaxshi harakat qilib raqiblarini o'tkazib yubormayapti.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44-daqiqa. GOOOOL! Lekin "Real" vakili o'yindan tashqari holatdaligi ma'lum bo'ldi. Hisob o'zgarmadi.

41-daqiqa. Ogohdantirish! Eduardo Kamavingaga taktik fol uchun sariq kartochka ko'rsatildi.

40-daqiqa. Ayni pallaga kelib, burchak zarbalari bo'yicha hisob 0:11, ammo gol urish borasida 1:0.

38-daqiqa. Toni Kroos burchakdan to'pni o'yinga kiritib berdi. Germaniyalik futbolchining birinchi bo'dimdagi aksariyat vaqti aynan burchak zarbalari bilan o'tmoqda.

33-daqiqa. "Real" raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda.

30-daqiqa. Lukas Robertone to'p uchun kurashda Vinisiusga nisbatan qoidani buzdi.

28-daqiqa. Karim Benzema boshi bilan zarba berdi, biroq bu darvozabon uchun muammo tug'dirmadi.

25-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich: 31-69 "Real" foydasiga.

21-daqiqa. "Real" qanchalik istamasin hozircha raqib darvozasi tomon yo'l topa olmayapti.

18-daqiqa. O'yin to'xtab turibdi. "Almeriya" vakili Sodiq Umarga yordam ko'rsatilmoqda.

17-daqiqa. Mezbonlar qarshi hujumga o'tishdi, Ferlan Mendi keskinlikni bartaraf etdi.

11-daqiqa. Tchuameni "podkat"da to'pni olib qo'ydi va Kamavinga darhol zarba berdi, lekin to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

9-daqiqa. Valverde yaxshi zarba berdi, biroq Fernando jamoasini qutqardi.

6-daqiqa. GOOOOOOL! "Almeriya" hisobni ochdi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!


"Almeriya" - "Real Madrid"

Real Madrid: Kurtua, Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos, Tchuameni, Kamavinga, Vaskes, Valverde, Benzema, Vinisius Junior.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia