"Lokomotiv" nazorat bahsida "Mashal"ni mag'lub etdi, Muxtorov "temiryo'lchilar" safida harakat qildi

Alisher
24 fev 2022
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan temiryo'lchilar bugun Qibray stadionida Mashalga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.

Mazkur bahsda Toshkent jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi. Raqib darvozasiga har ikkala golni yarim himoyachi Diyor Turopov kiritdi.

Qayd etish kerakki, mazkur o'yinda o'tgan mavsumni "Navbahor"da o'tkazgan himoyachi Xurshidbek Muxtorov "Lokomotiv" libosida harakat qildi. Uning "Loko"ga o'tishi haqida kecha "Eshitdik-da!" rukni orqali xabar qilgandik.

Eshitdik-da! "Navbahor" himoyachisi "Lokomotiv"da



AlisherMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати