

Uchrashuvda "burgutlar" Farhod Sohibjonovning urgan goli evaziga g'alaba qozonishdi - 1:0.
Bu "Paxtakor"ning ushbu mavsum Superligadagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. Jamoa O'zbekiston chempionatida 2020 yil 25 noyabr kuni, 24-tur doirasida "Nasaf"ga mag'lub bo'lgandi.
Shunday qilib, "Paxtakor"ning Superligadagi 20ta o'yinlik (298 kunlik) mag'lubiyatsiz seriyasi Andijonda barham topdi.
Ma'lumot uchun, "Andijon" bugun "sherlar"ning 6ta o'yinlik "quruq seriya"siga ham yakun yasagan edi.



