

"Nasaf" shu kuni Hindistonning "Mohun Bagan" jamoasiga qarshi OFK kubogi inter zonal bosqichi yarim final bahsini o'tkazadi.
Saytimiz o'quvchilari bu o'yinga muxlislar tashrifiga ruhsat beriladimi yoki yo'q, qiziqishmoqda. Championat.asia'ga ma'lum bo'lishicha, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham bu savolga oydinlik kiritishni so'ragan. OFK ushbu masala bo'yicha O'FAga so'rov yubordi.
Ma'lum bo'lishicha, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi muxlislarning stadionga kiritilishiga qarshi emas. Buning uchun birinchi navbatda uchrashuvga xavfsizlik bo'yicha oficer tayinlanishi lozim. Shuningdek, OFKning Covid bilan bog'liq holatlarda uchrashuvlarni o'tkazish protokoli bo'yicha 3 ta forma to'ldirilishi hamda karantin qoidalariga rioya qilinishi kerak bo'ladi.

Barchasi O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining javob xatiga bog'liq. Ko'ramiz, O'FA rahbariyati qanday qarorga keladi? OFKga javob xati bugun chiqarilishi kutilmoqda.



