

"Keksa sinora" va "Udineze" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv davom etmoqda. Portugaliyalik futbolchi o'yinning 71-daqiqasiga qadar dublga erishdi. Shu tariqa, CR7 rasmiy uchrashuvlardagi 757 hamda 758-gollariga mualliflik qildi.
"Championat.com" ma'lumotiga ko'ra, braziliyalik Pele 812 rasmiy bahsda 757 gol gol urishga muvaffaq bo'lgan. Boshqa manbalar esa futbol qiroli tomonidan kiritilgan to'plar sonini 767 ta qilib ko'rsatyapti.



