Messining otasi francuz klubi bilan aloqaga kirishgan

11 noya 2020, 23:23
"Barselona" forvardi Lionel Messi yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

ESPN xabariga ko'ra, Leoning otasi va agenti Xorxe Messi PSJ vakillari bilan bog'langan. Francuz klubi yanvarda argentinalik o'yinchi bilan muzokaralarni boshlamoqchi. 

33 yoshli Messining "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi. Avvalroq u "Barselona"dan ketish istagini bildirgan edi.

Messi "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirmaydi 

O'xshash yangiliklar