Shomurodov jarohat oldi. U "Sampdoriya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
29 okt 2020
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov jarohat sabab Italiya A Seriyasi 6-tur doirasidagi "Sampdoriya" - "Jenoa" o'yinida maydonga tushmaydi.

Hamyurtimizning qachon safga qaytishi ma'lum emas.

Bundan tashqari "Jenoa"da ijara asosida o'ynayotgan Davide Zappakosta ham jarohati sabab Genuya derbisini o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, Genuya derbisi 1 noyarb kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Shomurodov bunga qadar Italiya A Seriyasi doirasidagi "Verona" va "Inter"ga qarshi o'yinlarda maydonga tushgandi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport