O'zbekiston MTJ. Saudiya Arabistoni bilan o'yinga yaqin qolganida asosiy futbolchimiz mashg'ulotlarda qatnashmayapti

Narzulla Saydullayev
11 noya 2019, 19:16
O'zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Terma jamoamiz asosiy posboni Eldorbek Suyunov 10 va 11 noyabr kuni bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda qatnashmadi. Futbolchida kichik shamollash kuzatilgani bois murabbiylar unga dam berishga qaror qilishdi. Katta ehtimol bilan ertaga, 12 noyabr kuni darvozabon terma jamoa bilan birga shug'ullanadi.

Eslatib o'tamiz, Suyunov 9 noyabr kuni Qirg'iziston bilan o'rtoqlik uchrashuvida to'liq 90 daqiqa davomida maydonda harakat qilgandi. 

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yin 14 noyabr kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia