

Anjuman 23 mart kuni “Bunyodkor” stadioni, matubot anjumanlar zalida o'tkaziladi. Unda dastlab, soat 11:00da Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Duli hamda jamoa futbolchilaridan biri jurnalistlar savollariga javob bersa, Samvel Babayan ishtirokidagi anjuman 11:30da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Filippin uchrashuvi 24 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.


