Superliga. "Nasaf" "So'g'diyona"ni mag'lub etdi, Kenjaboev ajoyib gol urdi

Narzulla Saydullayev
31 mar 2019, 21:05
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superligasi – 2019. 2-tur
“NASAF” – “SO'G'DIYONA” 3:1
31.03.2019. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 11332 tomoshabin.

Bosh hakam
: Zokirjon Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Obid Jumaev, Ruslan Samandarov (Navoiy)
Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan)
Komissar: Baxtiyor Mametov.

Gollar: Dilshod Saitov 6, - 1:0. Nikola Milinkovich 33, - 1:1 (Nuriddin Hasanov). Bobir Davlatov 53, - 2:1. Islom Kenjaboev 79, - 3:1.

“Nasaf”: 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Dilshod Saitov, 9.Humoyun Murtazoev, 18.Bobir Davlatov (15.Jo'rabek Mannonov, 89), 19.Sardor Abduraimov, 22.Akmal Mozgovoy, 27.Islom Rashidxonov (17.Doniyor Narzullaev, 86), 28.Xurshidbek Muxtorov, 77.Oybek Bozorov (20.Islom Kenjaboev, 66), 92.Umarbek Eshmurodov (s).
Zaxira: 21.Mashhurjon Muhammadjonov, 35.Abduvoxid Ne'matov, 6.Azizjon G'aniev, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 34.Sherzod Nasrullaev.

“So'g'diyona”: 27.Milan Mitrovich, 3.Iskandar Shoyqulov, 4.Elyor Orifov, 5.Kaxi Maxaradze, 6.Nuriddin Hasanov (8.Siroj Meliev, 66), 7.Sanjar Rashidov (c), 11.Izzatila Abdullaev (10.Shohruz Norxonov, 58), 17.Doston Toshmatov (9.Oybek Nurmatov, 68), 23.Muhammad Yuldoshev, 91.Nikola Milinkovich, 97.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 18.Sherzot Shakirov, 32.Dian Talxatov, 70.Durbek Kamolov, 77.Daniel Nasridinov.

Ogohlantirishlar: Elyor Orifov 24, Humoyun Murtazoev 24, Sardor Abduraimov 83. 



Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin. 


MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH





90+5. O'yin tugadi. "Nasaf" mavsumdagi ilk g'alabasini o'z maydonida "So'g'diyona" ustidan qo'lga kiritdi

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi

89. O'zgarish. "Nasaf". Bobir Davlatov o'rniga Jo'rabek Mannonov tushdi

86. O'zgarish. "Nasaf". Islom Rashidxonov o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi

85. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Nikola Milinkovichning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi

83. Ogohlantirish. "Nasaf". Sardor Abduraimov

79. Islom Kenjaboev deyarli o'z jarima maydoni yaqinida to'pni egallab olib raqib himoyachilarini ortda qoldirib gol urishga erishdi! Ajoyib gol!

79. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ISLOM KENJABOEEEEEEEEEEEV! 3:1. DAHSHATLI GOL! 

70. Bugungi uchrashuvni stadionda 11332 nafar muxlis tomosha qilmoqda

68. O'zgarish. "So'g'diyona". Doston Toshmatov o'rniga Oybek Nurmatov tushdi

66. O'zgarish. "So'g'diyona". Nuriddin Hasanov o'rniga Siroj Meliev tushdi

66. O'zgarish. "Nasaf". Oybek Bozorov o'rniga Islom Kenjaboev tushdi

60. Sanjar Rashidovning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

58. O'zgarish. "So'g'diyona". Izzat Abdullaev o'rniga Shohruz Norxonov tushdi

53. Raqib jarima maydoni ichidagi pala-partishlikdan so'ng Davlatov gol urdi 

53. GOOOOOOOOOOOOOOOL! BOBIR DAVLATOOV! 2:1

46. Ikkinchi taym boshlandi

45+1. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 1:1

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

41. "So'g'diyona" aksariyat hujumlarini o'ng qanotdan tashkil etmoqda. Bu hujumlar xavfli ko'rinish olmoqda

33. Nuriddin Hasanov burchakdan to'pni havodan oshirib berdi, Milinkovich boshi bilan gol urdi.

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NIKOLA MILINKOVICH! 1:1


24. Ogohlantirish. "Nasaf". Humoyun Murtazoev

24. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Elyor Orifov

20. ZARBAAAAAAAAA! Doston Toshmatovning kuchli zarbasini Umidjon Ergashev qaytardi

11. Sanjar Rashidov jarohat olgan ko'rinadi, unga shifokorlar maydon chetida yordam ko'rsatishmoqda

6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dilshod Saitov jarima to'pini amalga oshirdi, to'p yo'l yo'lakay raqib vakiliga tegib darvozadan joy oldi - 1:0.

4. Dastlabki hujum tashkil etildi, ammo mehmonlar o'yin qoidasini bo'zishdi. Jarima to'pi tepildi. Ammo bu natija bermadi

1.Uchrashuv boshlandi.

- O'yin soat 19:15da boshlanadi.

 




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia