2020 yilning eng yaxshi ligalari reytingi e'lon qilindi. O'zbekiston Superligasi Osiyoda 5-o'rinda

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2021, 21:05
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqini bo'yicha 2020 yilning eng yaxshi ligalari reytingi tuzildi.

2006 yildan beri ilk bor ro'yxatda yetakchi sifatida Italiya chempionati qayd etildi. A Seriya APLni ortda qoldirgan.

TOP-10 quyidagicha:

1. Italiya – 1026 ochko

2. Angliya – 1003.

3. Braziliya – 964.

4. Ispaniya – 954.

5. Germaniya – 864.

6. Portugaliya – 721.

7. Fransiya – 661.

8. Paragvay – 610,5.

9. Argentina – 603.

10. Ekvador – 579,5.

O'zbekiston Superligasi esa ro'yxatda 286 ochko bilan 48-o'rindan joy olgan holda Osiyodagi eng yaxshi milliy chempionatlar beshligiga kirdi. Superliga o'tgan yili 67-pog'onada ko'rsatilgan edi.

Osiyo jamoalari:

20. J,Koreya – 490.5

31, S,Arabistoni – 372,5

38. Yaponiya – 340,5

43. Xitoy – 294,5

48. O'ZBEKISTON – 286

51. Eron – 280

53. BAA – 265

55. Qatar – 248

P.S. To'liq ro'yxat bilan esa quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS