20 yoshli Pedri "Barselona" safida 100ta o'yin o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2023, 21:26
"Jirona"ga qarshi bahs "Barselona" yarim himoyachisi Pedri uchun yubiley o'yin hisoblanadi.

LaLiganing 19-turidan o'rin olgan bahs xavbek uchun Kataloniya klubidagi 100 o'yini bo'ldi. U 26 daqiqada jarohat olgan Dembele o'rniga maydonga tushdi.

Pedrining "Barselona"dagi debyut o'yini 2020 yilning 27 sentyabrida sodir bo'lgan. O'shanda raqib "Las-Palmas" edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia