18ta o'yindan bittasida g'alaba qozongan APL klubi ustozi ishsiz qoldi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2018, 15:50
"Vest Bromvich" bosh murabbiyi Alan Pardyu ishsiz qoldi.

Bu haqda klub matbuot-xizmati e'lon qildi. Jamoa bayonotiga ko'ra, klub rahbariyati va Pardyu kelishuv asosida shartnoma bekor qilishdi.

29 noyabrda "Vest Bromvich" bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan mutaxassis o'sha kundan beri APLda jamoani 18ta o'yinda maydonga boshlab chiqdi. Bu uchrashuvlarda "Vest Bromvich" 1ta g'alabaga erishdi, 5ta durang o'ynadi va 12ta bahsda mag'lubiyatga uchradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: wba.co.uk