17 yoshli "Sevilya" futbolchisi "Arsenal"ga kerak

22 dek 2019, 11:40
Jamoaning yangi bosh murabbiyi Mikel Arteta Sarsana bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.

"Mundo Deportivo" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Sevilya" yarim himoyachisi Antonio Sarsana faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. 17 yoshli ispaniyalik futbolchi "to'pchilar"ning yangi ustozi Mikel Artetaga yoqib qolgan va mutaxassis allaqachon London klubi rahbariyatidan Sarsana bilan shartnoma imzolashni so'ragan.

Ma'lumot uchun, bu futbolchiga "Real", "Liverpul" va "Bavariya" klublari ham befarq emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo