17 yoshli Mbappe "Lill"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
5 iyul 2024, 11:41
PSJ yarim himoyachisi Itan Mbappe Fransiyaning boshqa klubida davom ettiradi.

Kilian Mbappening 17 yoshli ukasi "Lill"ga o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.



Kichik Mbappening "Lill" bilan bitimi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.

Umidli xavbek o'tgan mavsum Fransiya chempionatida parijliklar safida bor-yo'g'i 3 ta o'yin o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining bozor qiymatini atigi 1,5 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: losc.fr